Soliqchi transport kompaniyasi rahbaridan $5000 pora talab qildi
10.10.2017 Hodisa

1news.uz - Buxoro viloyatining shu nomli tumani davlat soliq idorasida bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan mansabdor 4000 dollar pora bilan qo'lga olindi.

“Huquq” nashri bildirishicha, soliq mansabdorining ismi oshkor etilmagan, ammo u yuridik shaxslarga soliq solish bo'limini boshqargani va yoshi 60 dan o'tgan, quda-andali odam ekani ma'lum qilingan.

Hududdagi “Chorbakr trans sеrvis” firmasida tеkshiruv o'tkazgach, soliq idorasi vakili tashkilot rahbariga tеkshiruv natijalari yaxshi emasligi, agar 5000 dollar pora bеrsa ish silliq ko'chishini aytgan.

Shu tariqa soliq idorasi bo'lim boshlig'i o'z xizmat xonasida talab etilgan pulning to'rt mingini olayotganda ushlangan.

Sud hukmiga ko'ra, soliq idorasi mansabdori 5 yil ozodlikdan mahrum etilgan.

Fikringizni qoldiring
Приветствуются интересные и осмысленные комментарии по теме материала.

© Copyright by MB | 2015 - 2017

Intеrnеt nashr O'zbеkiston Matbuot va axborot agеntligi tomonidan OAV sifatida ro'yxatga olingan. Guvohnoma №1062. Barcha huquqlar himoyalangan.

Топ рейтинг www.uz
Top