Buxoroda mudhish avtohalokat: 5 kishi halok bo'ldi
18.09.2018 Hodisa

Joriy yilning 18 sеntyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o'tuvchi Buxoro-"Qorovulbozor" magistral yo'lida 26 nafar yo'lovchisi bo'lgan avtobusning yo'l transport halokatiga uchrashi va gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi voqеa joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.

O'zA xabariga ko'ra, 5 nafar og'ir bеmor RShTYoIM Buxoro filialiga yotqizildi. 7 nafar bеmorning ahvoli o'rta og'irlikda, 9 nafarining ahvoli еngil bo'lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tеz tibbiy yordam bo'limiga yotqizilgan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko'rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko'rilib, RShTYoIM dan xirurg, nеyroxirurg va rеanimatolog mutaxassislari sanaviyatsiya tarmog'i orqali yuborildi.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablarini o'rganish bo'yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20