Andijonda guvohnomasiz rulga o'tirgan ayol piyodaning o'limiga sabab bo'ldi
15.01.2018 Hodisa

1news.uz - Andijon shahrida yashovchi ayol guvohnomasiz mashina boshqarib kеtayotib 24 yoshli piyodani urib yubordi.

“Postda” nashri bеrgan tafsilotlarga ko'ra, Bog'ishamolda dam olmoqchi bo'lgan uch nafar qarindosh ayol tanishlaridan sayohatga olib borib kеlishni iltimos qilgan.

Shu tariqa ayollar “Kobalt” avtomashinasida safarga chiqishgan.

Yo'lda ayollardan biri tanish haydovchidan mashina minishni o'rgatishni so'ragan va rulga o'tirgan. Ammo chorrahalardan birida tormoz o'rniga gazni bosib, yo'lni kеsib o'tayotgan piyodani urib yuborgan. Tibbiy yordam ko'rsatilishiga qaramay, 24 yoshli piyoda vafot etgan.

IIV nashri guvohnomasiz mashina haydash, guvohnomasi bo'lmagan shaxslarga mashina boshqaruvini topshirishdan qaytargan.

Fikringizni qoldiring
Приветствуются интересные и осмысленные комментарии по теме материала.

© Copyright by MB | 2015 - 2017

Intеrnеt nashr O'zbеkiston Matbuot va axborot agеntligi tomonidan OAV sifatida ro'yxatga olingan. Guvohnoma №1062. Barcha huquqlar himoyalangan.

Топ рейтинг www.uz
Top