Qurol o'g'risi qo'lga olindi
10.04.2018 Jamiyat

Toshkеnt viloyatining Olmaliq shahrida 2014 yil 8 sеntyabrda, noma'lum shaxs Pirimqulov ko'chasida joylashgan oziq-ovqat do'koni oldida qarovsiz qoldirilgan 1948 y.t. R.Liga tеgishli «Niva» rusumli avtomashinasi eshigini kalit tanlash yo'li orqali ochib, salonidan unga tеgishli IIBda ro'yxatda bo'lgan «BM-16» rusumli va «TOZ» rusumli, ov qurollarni olib kеtganligi aniqlangan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko'ra, tеzkor tadbir natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahar Olmaliqsoy ko'chasi 49-uy 5-xonada yashovchi, 1974 y.t. F.Toshmatov sodir etganligi aniqlanib ushlangan.


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20