Tanlovga marhamat!
05.11.2018 Jamiyat

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizim tashkiloti “Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyatiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

Gidrotexnik — gidrotexnika inshootlari va meliorativ tizim qurilmalari va ularni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Bosh boshqaruv, statik va dinamik hisoblar, smetani tushunish va tuzish, Lira SAPR, OTKOS, SLP dasturlarida ishlash, suv xo‘jaligi qonunchiligi asoslarini bilish, atrof muhit muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablarini va geodeziya, gidrotexnika va gidravlika asoslarini bilish. (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Gidromexanik — metall qurilmalarni loyihalash tajribasi, gidromexanik qism, gidromexanik uskunalar, nazariy va amaliy mexanika, gidrotexnika va gidravlika asoslarini bilish, smetani tushunish va tuzish. (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Avtomatik tizim boshkaruvi mutaxassisi — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi xujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, yorug‘lik texnikasi bo‘yicha hisoblar, smetani tushunish va tuzish, gidroinshootlar, gidrokuch uskunalar, issiqlik texnikasi asoslari, avtomatik tizim boshqaruvi (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Rele himoyasi va avtomatika ximoyasi mutaxassisi — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi xujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, radiotexnika asoslari, telemexanika, elektronika va elektr sxemalari, avtomatik tizim boshqaruvini bilish (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassis — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi xujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, smetani tushunish va tuzish, gidroinshootlar, gidrokuch uskunalar, issiqlik texnikasi asoslari, elektronika va elektr sxemalari, avtomatik tizim boshqaruvi (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Yoritish tizimi mutaxassisi — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi xujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, yorug‘lik texnikasi bo‘yicha hisoblar, smetani tushunish va tuzish (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Energetik — energiya qurilmalarida ishlash jarayonini tashkil etish, energiya jihozlari bilan ishlash, energiya tejovchi qurilmalarni ta‘mirlash, sozlash va sozlash usullari kabi ishlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Iqtisodchi — texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni, ob‘ektlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish uchun uslubiy va me‘yoriy materiallarni loyihalash va o‘tkazish usullari, loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va bajarish bo‘yicha standartlariga ega bo‘lishi lozim. (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Konstruktor — chizmalar va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va loyihalash uchun standartlar, uslublar va ko‘rsatmalar; temir-beton konstruksiyalarni statik va dinamik hisoblar; ishlab chiqarish texnologiyasi, loyihalashtirilgan konstruktsiyalarni o‘rnatish va texnik foydalanish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Arxitektor — qurilish va ma‘muriy binolarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish va loyihalashni ishlab chiqishni, ob‘ektlarni qurish va ulardan foydalanish standartlarini loyihalashtirish ishlarini mukammal egallagan bo‘lishi lozim. (3-5 yildan kam bo‘lmasligi lozim).

Murojaat uchun telefon: +998(71) 253 14 65
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 20-uy.
Mo‘ljal: “Tojmahal” restorani
Faks: (998-71) 254-67-09
E-mail: gidep@inbox.uz


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20