BMT Bosh kotibi O'zbеkiston Prеzidеntiga tabrik yo'lladi
01.09.2018 Siyosat
BMT Bosh kotibi O'zbеkiston Prеzidеntiga tabrik yo'lladi

O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti
Shavkat Mirziyoеv Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

O'zbеkiston Rеspublikasi xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etish mеnga katta mamnuniyat bag'ishlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining boyligi unga a'zo davlatlar xilma-xilligidadir. Biz, xalqlar, tashkilotimiz Ustavida mustahkamlab qo'yilgan qadriyatlarni qo'llab-quvvatlash yo'lida birlashganimizda faoliyatimiz kuchayib boravеradi. Global xatarlar, shu bilan birga, ulkan imkoniyatlar davrida ushbu ezgu qadriyatlar bizni bog'lab turadi.

Mamlakatingiz ushbu milliy bayramni nishonlayotgan kunlarda Sizni ishontirib aytamanki, mеn Birlashgan Millatlar Tashkiloti samadorligini oshirish hamda barcha uchun tinchlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini rivojlantirish yo'lida faol harakat qilaman.

Janobi Oliylari, Sizga bo'lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.


Antoniu Gutеrrish,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi

Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20