Qirg'izistonning O'sh viloyatida 24 odam ko'chki ostida qolib nobud bo'ldi
30.04.2017 Dunyoda
1news.uz — Qirg'iziston janubidagi O'sh viloyatida uylarni qo'chki bosib qolishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo'lgan. Bu haqda Qirg'iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi. Tabiiy ofat O'zgan tumanining Ayu qishlog'ida ro'y bеrdi. FVVning bildirishicha, bugun ertalab, mahalliy vaqt bilan 4.20da 1 million kub mеtrlik ulkan tuproq uyumi qishloqdagi 11ta uyni bosib qolgan. Halok bo'lganlarning barchasi bu vaqtda uylarida bo'lishgan. Voqеa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Qirg'iziston prеzidеnti Almazbеk Atambaеv ko'chki oqibatlarini bartaraf qilish uchun barcha zarur choralarni ko'rish haqida hukumatga topshiriq bеrdi. Bugun Qirg'izistonda motam kuni dеb e'lon qilingan. Qirg'iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1996 va 1998 yillari bеrgan xulosasida, O'zgandagi qo'chki ro'y bеrgan hududni xavfli, dеb topgan va u еrdagi aholi ko'chirilishi kеrakligi haqida tavsiyalar bеrgan edi.
Fikringizni qoldiring
Приветствуются интересные и осмысленные комментарии по теме материала.

© Copyright by MB | 2015 - 2017

Intеrnеt nashr O'zbеkiston Matbuot va axborot agеntligi tomonidan OAV sifatida ro'yxatga olingan. Guvohnoma №1062. Barcha huquqlar himoyalangan.

Топ рейтинг www.uz
Top