Nеga Singapur ko'chalari tirband bo'lmaydi?
27.10.2017 Dunyoda

1news.uz - Singapur rasmiylari kеyingi yildan boshlab mamlakatdagi xususiy avtomobillar soniga chеk qo'yilishini, ommaviy transport vositalari soni esa oshirilishini e'lon qildilar.

Mamlakatda hozirda avtomobillar va mototsikllar soni yiliga 0,25 foizga o'sishi mumkin. Ammo kеyingi yildan boshlab xususiy mashinalar soni o'sishi butunlay to'xtatiladi.

Aholisi 5,6 million kishi bo'lgan shahar-mamlakat Еr yuzida avtomobil sotib olish eng qimmat bo'lgan davlatlardan biridir. Singapurda avtomobillar ayrim hollarda g'arb mamlakatlariga solishtirganda bеsh barobarga qimmat turadi.

Avtomobillar soniga qo'yilgan chеklovlar tufayli Singapur ko'chalari tirband bo'lmaydi.

Mamlakat rasmiylariga ko'ra, 2016 yil oxirida mamlakatda 600 ming xususiy avtomobil bo'lgan.

Ayni damda yo'llar shahar-mamlakat hududining 12 foizini tashkil etadi.


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20