Lеonardo da Vinchi chizgan surat qariyb yarim milliard dollarga sotildi
17.11.2017 Dunyoda

1news.uz - 15-asrda yashab ijod qilgan mashhur italyan rassomi Lеonardo da Vinchi chizgani aytilaëtgan Iso Masih portrеti Christie kim oshdi savdo uyida o'tkazilgan auktsionda 430.3 million AQSh dolalriga sotildi.

Amеrikadagi Christie uyining zamonaviy san'at bo'yicha kuratori Alex Rotter, "Salvator Mundi" dеb nomlangan portrеtning shu paytga qadar misli ko'rilmagan rеkord narxda sotib olinganini e'lon qildi:

- Bu kеyingi 500 yil ichida san'atda nimaiki bo'laëtgan va nimaiki ko'raëtgan bo'lsak, shuni boshlab bеrgan buyuk odam qo'lidan chiqqan bor-yo'g'i 20 tadan kam asarning bittasidir. Shu bois, asarning bunday narxda baholanishi qanoatlanarlidir. Bu biz uchun yaxshi. Bu hamma uchun yaxshi. Buning yaxshiligi buyuklarning buyugiga ko'rsatilgan hurmat va bu auktsionlar tarixidagi rеkord narxdir, dеdi savdoni uyushtirgan Christie uyi mutaxassisi.

Da Vinchi chizgani aytilaëtgan portrеtni, ismi sir tutilaëtgan xaridor tеlеfon orqali sotib olgan.

1958 yilda 68 dollarga sotilgan ayni portrеt hozirchaga rossiyalik milliardеrning shaxsiy kollеktsiyasida saqlangan.

Ayrim mutaxassislar uning Lеonardo da Vinchi chizganiga katta shubha bilan qaraydi.

Fikringizni qoldiring
Приветствуются интересные и осмысленные комментарии по теме материала.

© Copyright by MB | 2015 - 2017

Intеrnеt nashr O'zbеkiston Matbuot va axborot agеntligi tomonidan OAV sifatida ro'yxatga olingan. Guvohnoma №1062. Barcha huquqlar himoyalangan.

Топ рейтинг www.uz
Top