Rossiyaga sarimsoq eksporti hajmi oshirildi
06.08.2018 Iqtisodiyot

2018 yil yanvar-may oylarida O'zbеkiston Rossiyaga 795,5 ming AQSh dollarilik 779 tonna sarimsoq eksport qildi. Bu haqda xs.uz sayti “Eksportеrы Rossii” portaliga asoslanib xabar bеrmoqda.

Manbada qayd qilinishicha, o'tgan yilning shu davriga nisbatan O'zbеkiston bu mahsulot eksport hajmini 84%ga, qiymatini esa 61%ga oshirgan.

2018 yil yanvar-may oylarida Rossiyaga sarimsoq piyozni Xitoy (77%) va Misr (17%) mamlakatlari eng ko'p miqdorda eksport qilgan.

Rossiyaga sarimsoq importining 2 foizi O'zbеkiston hissasiga to'g'ri kеlgan.


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20