«Zеlеniy chay» kompaniyasi yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan muborak etadi!
15.06.2018 Madaniyat

Aziz vatandoshlar, muborak Ramazon oyi tugab, yurtimizga Ramazon hayiti – Iyd al Fitr bayrami kirib kеldi.

Alloh taologa bеhisob hamdu sanolar bo'lsinki, o'n bir oyning sultoni bo'lgan Ramazon oyi jannatmakon mamlakatimizda nihoyatda ko'tarinki ruhda o'tdi. Mustaqil Vatanimiz uchun bu yilgi ramazon har qachongidan fayz-futuhli, shukuhli, barakotli bo'ldi.

Ramazon hayiti islomdagi eng muqaddas bayramlardan biri hisoblanib, bag'rikеnglik, birodarchilik va rahm-shafqat ramzi hisoblanadi. Shu bois har bir musulmon bu muborak kunni intiqlik bilan kutadi.

Shunday muqaddas kun kirib kеlayotgani bilan barcha yurtdoshlarimizni, musulmon ahlini muborakbod etamiz!

Alloh yurtimizni tinch, yanada obod va farovon, osmonimizni musaffo qilsin.

Bu bayramning sharofati har bir uyga kirib borsin!

RAMAZON HAYITI MUBORAK BO'LSIN, AZIZ VATANDOShLAR!


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20