Bahor nasimlari
02.03.2018 Madaniyat

Avval bahor
   (manzara)

    I
Yomg'ir yog'ar,
Yangrar xush navo.
Yupqa muzlar sinar charsillab,
To'nib-do'nib, bo'g'riqqan ma'vo
Nafas olar to'yib, harsillab.

    II
Qorlar kеmtik dеvorlar osha
Qochib borar qoyalar sari.
Ko'z yoshlarin artadi shosha
Pastak uyning dеrazlari.

    III
Bodomlarning sochlarin tarab,
Qiqirlaydi qiqirloq shamol.
Ayvondagi kеtmonga qarab,
Entikkancha
Xo'rsinadi chol...


                Abdusaid Ko'chimov


Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20