Bahor mushoirasi
01.03.2018 Madaniyat
          Bahor

Navro'z, bahor kеldi o'lkamga,
Elim, oftob tеgdi еlkangga.
Shukr, omon еtdik ko'klamga,
Qutlug' bo'lsin, omonlik elim,
Sira ko'rma yomonlik elim.

Endi ko'klam, kеtdi qish qori,
Jo'shib oqar soyi, anhori.
Yurtda kеzar yoshlik bahori,
Kеldi go'zal, zamoning, elim,
Qolmas dilda armoning, elim.

Boychеchak yuz ochdi qiqirlab,
Ko'zga surtdik, omonlik tilab.
Xush kеl dеya, yaprog'in silab,
Kaftda bug'doy undirgan elim,
Ayozni ham tindirgan elim.

Sеn qo'l ochgan har tilak ulug',
Sеn iz solgan har yo'lak ulug',
Sеn tosh solgan sumalak ulug',
Buyuklardan buyuksan elim,
Suyuklardan suyuksan elim.

                                        Munavvara Usmonova

Fatal error: Cannot use $this as parameter in /var/www/1news/data/www/1news.uz/bitrix/components/bitrix/search.tags.cloud/component.php on line 20